1Test strukturasi va baholash
Malaka sinovlari 100 ballik tizimda 2 bosqichda oʻtkaziladi hamda jami 50 ta savoldan iborat boʻladi:
(Musiqa madaniyati va Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun mutaxassislikdan 35 ta va kasbiy standartdan 5 ta, jami 40 ta savol beriladi).
Eslatma (C1 sertifikat egalari uchun): C1 darajadagi sertifikati mavjud va majburiy attestatsiyada qatnashayotgan oʻqituvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri 80 ball beriladi. Ular faqat ikkinchi bosqichdagi 10 ta savol uchun 20 daqiqa ajratilgan holda test topshirishadi.
2Ajratilgan vaqt reglamenti
- 90daqiqa
Tarix, Geografiya, Tarbiya, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Jismoniy tarbiya, Tarbiyachi, Psixolog, Logoped, Defektologiya va boshqalar.
- 105daqiqa
Ona tili va adabiyot, Oʻzbek tili, Rus tili, Ingliz tili hamda barcha xorijiy tillar.
- 120daqiqa
Matematika, Fizika va astronomiya, Informatika va AT, Kimyo, Biologiya, Boshlangʻich ta’lim (oʻzbek).
3Bino va xonaga olib kirish QAT’IYAN MAN ETILADI
- Mobil telefon, quloqchin (naushnik), aqlli soat va har qanday elektron qurilmalar;
- Kitob, daftar, har qanday qogʻoz, ruchka, qalam va shpargalkalar;
- Sumka, xalta, hamkorlikda ishlatiladigan soat, bardoshli/shaffof boʻlmagan idishdagi suv, yeguliklar;
- Smart koʻzoynaklar, tigʻli va sovuq qurollar.
4Bino va xonaga olib kirishga RUXSAT ETILADI
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ortiqcha yozuvlarsiz);
- Oddiy koʻrish koʻzoynagi, kattalashtiruvchi lupa;
- Shaffof va yorliqsiz idishdagi suv;
- Tibbiy niqob, astma ingalyatori;
- Yurishga yordamlashuvchi vositalar (hassa, qoʻltiqtayoq, nogironlik aravachasi);
- Eshitish apparati (nogironlik toʻgʻrisida hujjat koʻrsatilganda).
5Imtihondan chetlashtirishga asos boʻladigan holatlar
- Mobil telefon yoki har qanday elektron qurilmalardan foydalanish yoki foydalanishga urinish;
- Kompyuter ekranini yoki test savollarini rasmga olish;
- Boshqa test topshiruvchilar bilan gaplashish yoki tartibni buzish boʻyicha 2-martadan koʻp ogohlantirish olish;
- Test materiallarini (qoralama qogʻoz va h.k.) bino tashqarisiga olib chiqishga urinish.
6Nomzodlar uchun muhim eslatmalar
- Oʻrin tanlash: Kompyuter oʻrinlari yashirin raqamlar yozilgan kartochkalarni tasodifiy tanlash orqali belgilanadi. Oʻzboshimchalik bilan boshqa kompyuterga oʻtirish man etiladi.
- Auditoriyadan chiqish: Test jarayonida auditoriyadan chiqish qat’iyan man etiladi (sogʻliq yomonlashgan holatlar bundan mustasno). Uzrsiz sabab bilan chiqqanlar qayta kiritilmaydi.
- E’tiroz bildirish (Apellyatsiya): Test savollariga e’tiroz bor boʻlsa, platformadagi “Savolga e’tiroz bildirish” tugmasi orqali joyida yuborish yoki natija chiqqach 10 kun ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali elektron murojaat qilish imkoniyati mavjud.
Sinov sanalari, fanlar va manzillar alohida sahifada.
Sinovlar jadvalini ochish